2-dars. Operatsion tizimlar va Cloud bilan ishlash
Darsning maqsadlari:
- Operatsion Tizimlar Tarixi
- Operatsion tizim (OT) nima ekanligini tushunish.
- Operatsion tizimlarning tarixini bosqichma-bosqich o'rganish.
- OT'larning turlari va ularning ahamiyatini ko'rib chiqish.
- Zamonaviy OT'larning qanday ishlashini va ularning kundalik hayotimizdagi o'rnini tushunish.
- OT'lar rivojlanishiga ta'sir qilgan texnologik yutuqlarni tushunish.
- Windows Operatsion Tizimi
- Windows operatsion tizimi (OT) nima ekanligini tushunish.
- Windowsning afzalliklari va kamchiliklarini o'rganish.
- Windowsning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini yoritish.
- Windows OT bilan bog'liq bo'lgan tushunchalarni batafsil tushunish.
- Unix (macOS) operatsion tizimi
- Unix operatsion tizimining asosiy tushunchalari bilan tanishish.
- macOS va Unix orasidagi bog‘liqlikni tushunish.
- Unix’ning afzalliklari va kamchiliklarini chuqur tahlil qilish.
- Linux operatsion tizimi
- Linux operatsion tizimining asosiy tushunchalarini o'rganish.
- Linux tizimining afzalliklari va kamchiliklarini tushunish.
- Android operatsion tizimi
- Android operatsion tizimini tushunish va uning qanday ishlashini o'rganish.
- Androidning afzalliklari va kamchiliklarini batafsil tahlil qilish.
- Androidning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini yoritish.
- iOS operatsion tizimi
- iOS operatsion tizimining tushunchasini ko’rib chiqish.
- iOS tizimining afzalliklari va kamchiliklarini batafsil tushunish.
- Cloud (bulut) va uning xizmatlari haqida (Google Diskdan foydalanish)
- Cloud texnologiyasini tushunish.
- Cloud xizmatlari qanday ishlashini izohlash.
- Google Disk xizmatini to'liq o'rganish.
- Google Disk orqali fayllarni saqlash, ulashish va boshqarishni amaliy tushunish.
- Cloud xizmatlarining afzalliklari va kamchiliklarini muhokama qilish.
Operatsion Tizimlar Tarixi
Kirish
Operatsion tizimlar bugungi kunning eng asosiy texnologik asoslaridan biri bo'lib, kompyuterlardan tortib, mobil telefonlar va hatto mikroto'lqinli pechlarimizgacha bo'lgan barcha qurilmalarni boshqaradi. Ammo OT’lar qanday paydo bo'lgan?
Operatsion Tizim nima va nima uchun kerak?
Bu savolga oddiygina javob: OT — bu dasturiy ta'minot bo'lib, kompyuter qurilmasi va foydalanuvchi o'rtasida "vositachi" vazifasini bajaradi.
Operatsion Tizimlarning ilk davrlari
Ilk OT'lar o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmagan. Ilk kunlarda kompyuterlar maxsus dasturchilar tomonidan dasturlash orqali qo'lda boshqarilardi. Har bir buyruqni birma-bir kirgizish kerak edi. Tasavvur qiling, har safar "Yo’q qil!" buyruqini kiriting, lekin kompyuter oxirgi qaysi dastur bilan shug'ullanayotganini unutibdi! Bu, xuddi notanish yo'l bo'ylab xaritasiz ketayotgandek.
Yirik kompyuterlar (Mainframes) va birinchi OT'lar
1950-yillar oxiri va 1960-yillar boshida kompyuterlar yirik korxona va universitetlarda ishlatilgan katta qurilmalar edi. Bu kompyuterlar bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchi tomonidan boshqarilardi. Shu davrda "Batch Processing" OT'lari paydo bo'ldi. Bu tizimlar kompyuterga dasturlarni guruh-guruh qilib ishga tushirish imkonini berdi. Siz ketma-ket kartalarni joylashtirib, "(Come on) Yo’g’aa, kompyuter!" deb chiqib ketardingiz.
Multitasking: Bir nechta dasturlarni bir vaqtning o'zida ishlatish
Keyingi qadam Multitasking edi. Multitasking — bu OT bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlarni boshqarish imkonini bergan texnologiyadir. Bu, xuddi bir vaqtning o'zida pizza yeyish, serial ko'rish va do'stingiz bilan chatda gaplashishga o'xshaydi.
Misol: Siz kompyuterda shunchaki musiqani yoqib qo'yib, boshqa dasturda ishlaysizmi? Ha, buni qilish mumkin bo'lishi uchun OT multitasking texnologiyasini ishlatadi.
UNIX va Rivojlanish
UNIX — bu OT'larning "bobosi". 1969-yilda Bell Labs tomonidan ishlab chiqilgan. UNIX ko'p foydalanuvchi va multitaskingni qo'llab-quvvatlaydi. UNIX rivojlanishi hozirgi zamonaviy OT'lar, shu jumladan, Linux va macOS'ga asos yaratdi. UNIX tizimi boshqa OT'lar kabi katta kuch sarflamasdan samarali ishlashni ta'minlaydi.
Windowsning paydo bo‘lishi
1985-yilda Microsoft kompaniyasi Windows 1.0 OT'ini chiqardi. Bu OS foydalanuvchilarga grafik interfeysda ishlash imkonini berdi. Hozirgi Windows foydalanuvchilari buni juda qiziq topmasligi mumkin, ammo o‘sha davrda bu juda katta innovatsiya bo‘lgan!
Linux: Ochiq Kodli Inqilob (Revolution)
Linux 1991-yilda Linus Torvalds tomonidan yaratilgan va bugungi kunda minglab dasturchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Linuxning ochiq manba kodli bo‘lishi, uni ko‘plab sohalarda, xususan serverlarda, o‘zining kuchli va moslashuvchanligi tufayli ommaviy qilgan.
Zamonaviy Operatsion Tizimlar
Bugungi kunda bizning asosan foydalanadigan OT'lar: Windows, macOS, Linux, iOS va Android. Har birining o'ziga xos xususiyatlari bor. Windows juda keng tarqalgan bo'lsa, macOS ko'pincha ijodkorlar tomonidan tanlanadi, Linux esa dasturchilar va serverlar olamida yetakchilik qiladi. iOS va Android esa mobil qurilmalar uchun eng ommaviy OT’lar hisoblanadi.

Kelajakdagi OT'lar
Operatsion tizimlar hali ham rivojlanib bormoqda. AI asosida ishlaydigan OT'lar va bulutli OT'lar hozirgi kunda jadal rivojlanmoqda. Katta miqdordagi kompyuter resurslarini bulut orqali boshqarish hozir juda qulay va samarali hisoblanadi.
Windows Operatsion Tizimi
Kirish
Windows operatsion tizimi — dunyodagi eng mashhur OTlardan biri. Windows bilan har kuni duch kelamiz: kompyuterlar, noutbuklar, hatto o‘yin konsollari ham Windowsni ishlatadi. Lekin bu tizimning afzallik va kamchiliklari qanday?
Windows OT nima va uning vazifasi qanday?
Windows — Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan OT bo'lib, kompyuter va foydalanuvchi o'rtasidagi aloqa vositasi vazifasini bajaradi. Oddiy qilib aytganda, Windows — bu kompyuteringizning "miyasi"! OT kompyuterning barcha dastur va uskunalari (hardware) bilan aloqa qiladi.
Misol: Siz "Paint" dasturini ishga tushirayotganingizda, Windows sizga ish stolida dastur oyna ochadi, sichqoncha va klaviatura orqali u bilan ishlashingizni ta'minlaydi. Xuddi sizning uyda televizor ko‘rishingiz uchun pult kerak bo‘lganidek, Windows ham dasturlaringizni boshqarishda yordam beradi.
Windowsning afzalliklari
Oson va qulay foydalanish
Windows OT juda foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega. Dasturlarni boshqarish uchun kerakli tugmalar va menyular juda aniq ko'rsatib berilgan.
Siz kompyuteringizni yoqasiz va ish stoli ochiladi — har bir dastur belgisi yaqqol ko‘rinadi, fayllarni boshqarish oson, papkalar yaratish va dasturlarni yuklash bir-ikki tugma bilan amalga oshiriladi.
Dasturiy ta'minotning keng tanlovi
Windowsda ishlaydigan dasturlar juda ko'p. O'yinlardan tortib, grafik tahrirlash dasturlari va ofis dasturlarigacha Windowsda ishlashi mumkin. Shu sababli, foydalanuvchilarning dasturiy ta'minot tanlovi juda keng.
Sizga kerak bo'lsa, "Photoshop"dan tortib, oddiy "Notepad"gacha barchasi Windowsda mavjud. Bu xuddi supermarketga kirib, kerakli hamma narsani bir joydan topa olishingizga o‘xshaydi.
O'yinlar uchun eng yaxshi OT
Agar siz o'yinlar ishqibozi bo'lsangiz, Windows siz uchun ajoyib tanlov. Windowsda o'yinlar yaxshi optimallashtirilgan va ko'plab o'yinlar aynan Windows uchun chiqariladi.
"Cyberpunk 2077", "Fortnite" yoki "Minecraft"ni o'ynashni xohlaysizmi? Windowsda ulardan foydalanish juda oson. O‘yinchini sevadigan OT — Windows!
Windowsning kamchiliklari
Ko'p yangilanishlar
Windows OT ko‘pincha yangilanadi, bu esa foydalanuvchilar uchun ba'zida noqulaylik tug‘diradi. Ba'zida ishga kirishmoqchi bo'lganingizda, kompyuteringizning yangilanish jarayonida ekanligini ko'rasiz.
Tashqariga chiqish uchun tayyorlanayotgan vaqtingizda yaqinlaringiz kutilmaganda ko'plab narsalarni so‘rab qolsa, bu — xuddi Windows yangilanishlariga o'xshaydi.
Viruslar va xakerlikka moyillik
Windows ko‘plab foydalanuvchilar orasida ommabop bo‘lgani sababli, viruslar va zararli dasturlar uchun eng ko‘p hujumga uchraydi.
Bu, xuddi sizning qimmatbaho mashinangizni olomon ko'p joyda qoldirib ketgandek bo'lishi mumkin — sizni kuzatib turganlar ko'pligini bilasiz va ehtiyotkor bo'lasiz.
Narxining balandligi
Windows rasmiy versiyasini sotib olish biroz qimmat bo‘lishi mumkin. Ko'pgina foydalanuvchilar bepul OT'lar (masalan, Linux) bilan solishtirib, Windowsni qimmat deb bilishadi.
Agar siz bepul dasturlar va tizimlarga qiziqsangiz, Windows bu borada sizga qimmatga tushishi mumkin. Bu, xuddi qimmat restoranlarda ovqatlanib, keyin esa uyga qaytib, oddiy bo‘lsa ham mazali tayyorlangan ovqatni afzal ko‘rganingizdek.
Unix (macOS) operatsion tizimi
Unix nima? Uni bilgan yaxshi odamlar qatoriga kirish
Unix — bu ko‘pchiligimiz eshitgan, lekin hali ham sirli tuyuladigan operatsion tizimlar oilasining nomi. U ilk bor 1969 yilda Bell Laboratories’da ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘sha vaqtdan buyon ko‘plab tizimlar (macOS, Linux) o‘zlarining Unix-like oilasiga kiradi.

Unix ixtirosi - Nokia Bell Labs
Unix afzalliklari
Unix bir necha afzalliklari bilan mashhur. Ular:
- Ko‘ptarmoqlilik: Bu tizim ko‘p foydalanuvchilar va jarayonlarni bir vaqtda boshqarish imkoniyatini beradi. Masalan, bir vaqtning o‘zida dasturlarni ishga tushirib, qo‘shiq tinglash va Internetda kezishingiz mumkin. Bu, albatta, multitaskingning Unix’dagi eng yaxshi ko‘rinishi!
- Ishonchlilik va xavfsizlik: Unix tizimlari xavfsizlikka katta e'tibor beradi. Xo‘sh, nima deb o‘ylaysiz, nima uchun xakerlar Unix’ni yaxshi ko‘rishadi? Chunki bu tizim kuchli xavfsizlik choralarini ko‘radi. Hamma narsaga root huquq kerak!
- Ochiq manba kodi: MacOS’dan farqli o‘laroq, ba'zi Unix tizimlari (masalan, Linux) ochiq manbali hisoblanadi. Bu degani, har kim kodni o‘zgartirishi va o‘z ehtiyojlariga moslab dasturlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Unix kamchiliklari tomonlari
Har bir yaxshi narsaning soyasi bor. Unix uchun ham bir nechta kamchiliklarni sanab o‘tsak bo‘ladi:
- Qiyinchiliklar: Unix’ni o‘rganish biroz qiyin. Ba'zilar uchun buyruqlar satrida ishlash Windows’dagi “Next-Next-OK” jarayonlaridan ancha murakkab tuyuladi. Ammo qo‘rqmang, hayotda ham ba'zan oddiy bo‘lish zerikarli bo‘lishi mumkin, shunday emasmi?
- O‘yinlar va dasturiy ta’minot cheklovlari: Ko‘pgina dasturiy ta'minot va o‘yinlar Unix tizimlarida ishlamaydi. Ha, o‘yinchilarga Unix emas, Windows ko‘proq yoqadi.
macOS va Unix: Bir oilaning ikki a'zosi
MacOS Unix oilasidan chiqqan tizim bo‘lib, o‘zining grafika interfeysi va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham Apple Unix’dan foydalangan. MacOS sizga oddiy foydalanuvchi sifatida foydalanish qulayligini beradi, lekin siz Terminal’ni ochganingizda o‘zingizni haqiqiy xakerdek his qilasiz! Bu jarayonni tezlashtirish uchun bir necha buyruq o‘rganishingiz kerak, shunda siz nafaqat Apple logotipiga, balki kuchli Unix tizimiga ham ega bo‘lasiz. 💻🍏

Linux operatsion tizimi
Linux nima?
Linux — bu bepul va ochiq kodli operatsion tizim. Agar qisqacha aytsak, Linux kompyuterni boshqarish uchun kerak bo'lgan dasturiy ta'minotning asosiy qismidir. Bu Microsoft Windows yoki macOS singari operatsion tizim, lekin ularga o’xshamaydi.

Linuxning afzalliklari
-
Bepul bo'lishi: To'g'ri eshitdingiz! Linux bepul! O'zingiz yuklab olishingiz va o'rnatishingiz mumkin. Windows yoki macOS kabi katta pullar sarflash shart emas.
Misol: shaxsiy kompyuteringiz uchun tekin ajoyib operatsion tizim mavjud, nega pul sarflab boshqasini olish kerak? Pul cho'ntagingizda qoladi va undan yana bir qancha qiziqarli narsalar sotib olishingiz mumkin! 😎
-
Xavfsizlik: Linux viruslarga chidamli hisoblanadi. Bu degani, virus tushganida kompyuteringizdagi barcha fayllar "virusli odam"ga sovg'a bo'lib ketmaydi! 🎁
-
Moslashuvchanlik va sozlash imkoniyati: Linux sizga xohlagan o'zingizga mos keladigan shaklni yaratish imkoniyatini beradi. Siz kodni o'zgartirishingiz, tizimni qayta shakllantirishingiz va o'ziga xos xususiyatlar qo'shishingiz mumkin.
Hayotiy misol: Bu sizning uyingiz kabi. Tasavvur qiling, uyingiz devorini siz istagan rangga bo'yashingiz mumkin, qo'shni biron narsa deya olmaydi! 🎨
-
Jamoaviy rivojlantirish: Linuxda hamma birga ishlaydi. Bu tizim ochiq kodli bo'lgani uchun ko'plab dasturchilar uni doimiy ravishda rivojlantirib borishadi. Demak, barchaga foyda!
-
Tarkibiy qismlarni tanlash erkinligi: Linuxda siz faqat kerakli qismlarni tanlab ishlatishingiz mumkin. Bu aynan kerakli dasturlarni ishlatishga imkon beradi.
Misol: O'zingiz sevimli fastfood restoranga borib, faqat o'zingiz yoqtirgan narsani tanlaganingizda qanday ajoyib bo'ladi-a! Linuxda ham shunday, siz faqat o'zingizga kerakli funksiyalarni tanlaysiz! 🍔🍟
Linuxning kamchiliklari
- O'rganish uchun vaqt kerak bo'lishi: Windows va macOS foydalanuvchilariga Linux dastlab tushunarsiz bo'lib tuyulishi mumkin. Foydalanishni o'rganish biroz ko'proq vaqt talab qiladi.
- O'yinlar masalasi: Linuxda ko'pgina o'yinlar Windowsda ishlaganidek yaxshi ishlamaydi. Garchi Steam va boshqa platformalar yordam bersa-da, o'yinlar Linuxda ko'pincha cheklangan.
- Dasturiy ta'minotlar yetishmasligi: Ba'zi maxsus dasturiy ta'minotlar Linuxda hali mavjud emas. Bu ba'zi hollarda foydalanuvchilarni cheklashi mumkin.
Android operatsion tizimi
Android Operatsion Tizimi Nima?
Android — bu Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va mobil qurilmalar uchun mo'ljallangan operatsion tizim. U Linux yadrosiga asoslangan bo'lib, smartfonlar, planshetlar, soatlar va hatto televizorlarda ham ishlatiladi.
Androidning Tarixi - android dastlab 2003 yilda Android Inc. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. 2005 yilda Google uni sotib oldi va 2008 yilda birinchi Android qurilmasi — HTC Dream taqdim etildi.

Androidning Vazifalari - android operatsion tizimi qurilmaning barcha apparat va dasturiy ta'minot qismlarini boshqaradi. U foydalanuvchiga ilovalarni o'rnatish, internetga ulanish, qo'ng'iroqlar qilish va ko'plab boshqa funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Siz do'stingizga xabar yozmoqchisiz. Android bu jarayonda klaviatura, ekran va tarmoq imkoniyatlarini birlashtirib, xabaringizni tezda yetkazib beradi.
Androidning Afzalliklari
Ochiq Manba Kodi
Androidning eng katta afzalliklaridan biri — uning ochiq manba kodiga ega ekanligi. Bu degani, dasturchilar tizimning kodini ko'rib chiqish va o'zgartirish imkoniyatiga ega.
Keng Moslashuvchanlik
Android tizimi turli xil qurilmalarda ishlay oladi — arzon smartfonlardan tortib, yuqori sifatli flagmanlargacha. Bu foydalanuvchilarga byudjetiga mos qurilmani tanlash imkonini beradi.
Agar siz byudjetingizga mos smartfon qidirsangiz, Android qurilmalari orasidan albatta birini topasiz.
Kengaytiriladigan Funksiyalar
Android foydalanuvchilari tizimni o'z xohishlariga ko'ra moslashtira oladilar: yangi launcher o'rnatish, vidjetlar qo'shish yoki hatto custom ROM'lar (android operatsion tizimining o'ziga xos versiyasi.) orqali tizimni butunlay o'zgartirish.
Google Xizmatlari bilan Integratsiya
Android tizimi Google xizmatlari bilan chuqur integratsiyalashgan: Gmail, Google Maps, Google Drive va boshqalar. Bu foydalanuvchilarga qulaylik va samaradorlikni oshiradi.
Sizning kontaktlaringiz, suratlaringiz va fayllaringiz Google hisobingiz bilan sinxronlashtirilgan bo'lib, qurilma almashganda ham yo'qolmaydi.
Androidning Kamchiliklari
Fragmentatsiya
Androidning ko'plab versiyalari mavjud bo'lib, turli qurilmalarda turli versiyalar ishlaydi. Bu dasturchilar uchun muammo tug'diradi, chunki ular ilovalarni barcha versiyalarda ishlaydigan qilib yaratishlari kerak.
Xavfsizlik Masalalari
Ochiq manba kodli bo'lganligi sababli, zararli dasturlar Android uchun ko'proq uchraydi. Google Play do'konida ham ba'zan zararli ilovalar paydo bo'lishi mumkin.
Noaniq manbalardan ilovalarni o'rnatganingizda, telefoningiz viruslar bilan zararlanish xavfi oshadi.
Reklamalar va Bloatware
Ko'plab Android qurilmalarida oldindan o'rnatilgan ilovalar (bloatware) mavjud bo'lib, ular ko'pincha foydalanuvchi tomonidan o'chirib bo'lmaydi. Bundan tashqari, bepul ilovalarda reklamalar ko'proq uchraydi.
Siz telefoningizda oddiy kalkulyatorni ishga tushirasiz, lekin u reklama bilan to'lgan bo'ladi. Bu esa noqulaylik tug'diradi.
Androidning Hayotimizdagi O'rni
Android tizimi bizning kundalik hayotimizda katta o'rin tutadi. U bizga aloqa qilish, ma'lumot almashish, o'yin o'ynash, ishlarni rejalashtirish va hatto sog'ligimizni kuzatishda yordam beradi.
Ta'lim va Ishda
Ko'plab ta'lim va ish ilovalari Androidda mavjud. Masalan, Zoom, Google Classroom va Microsoft Teams orqali masofadan ishlash va o'qish imkoniyati mavjud.
iOS operatsion tizimi
Kirish
iOS – Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil operatsion tizim bo‘lib, iPhone, iPad va iPod touch kabi qurilmalarda ishlaydi. Bu tizimning dizaynidan tortib, xavfsizlikka qadar juda ko‘p afzalliklari bor, biroq bu tizim ham o‘z kamchiliklariga ega.

iOS nima?
iOS — bu Apple mahsulotlari uchun yaratilgan, yopiq (closed) operatsion tizimdir. Yani, bu tizimni boshqa qurilmalarga o‘rnatish mumkin emas, faqatgina Apple mahsulotlarida ishlaydi.
iOS’ni oddiy til bilan tushuntiradigan bo‘lsak:
Tizim – bu aqlli yo‘riqnoma, sizga telefoningizni boshqarishda yordam beradi. Telefoningizdagi ilovalar, kamera, o‘yinlar, va hatto bildirishnomalar — barchasi iOS orqali boshqariladi.
iOS tizimining afzalliklari
-
Barqarorlik va ishlash tezligi
- iOS tizimi juda tez va silliq ishlaydi. Apple o‘zining apparat va dasturiy ta’minotini mukammal moslashtirib yaratgani tufayli, telefoningiz deyarli “lag” (kechikish) qilmaydi. Agar sizning o‘ynayotganingizda Android telefoningiz lag qilsa, iPhone’da bu muammo ancha kam uchraydi.
-
Xavfsizlik
- iOS dunyo bo‘yicha eng xavfsiz operatsion tizimlardan biri hisoblanadi. Apple doimiy ravishda yangilanishlar chiqarib, xavfsizlikni kuchaytirib boradi. iPhone’larni buzish qiyin va bu ularning katta afzalliklaridan biridir.
-
Ilovalar sifati
- App Store’dagi ilovalar har tomonlama sinovdan o‘tadi. Shu sababdan, iOS ilovalari sifatliroq va kamroq xatoliklarga ega bo‘ladi. Ba’zida Android’da beta versiyalardagi xatoliklar foydalanuvchilarni qiynasa, iOS foydalanuvchilari bunday muammolarga kam duch keladi.
-
Kameraning ajoyibligi
- iOS qurilmalari ayniqsa o‘z kamerasi bilan mashhur. Ko‘pincha iPhone’ning kameralari oddiy raqamli kameralar bilan taqqoslanadi.
-
Ekotizim
- iOS va Apple qurilmalari bir-biriga juda mos keladi. MacBook, iPad va iPhone qurilmalari o‘rtasida fayl almashish juda oson.
MacBook’da yozayotgan maqolangizni iPhone orqali davom ettira olasiz yoki AirPods quloqchinlaringiz avtomatik tarzda iPhone’dan MacBook’ga ulanishi mumkin.
iOS tizimining kamchiliklari
-
Yopiq tizim (Closed Source)
- iOS juda yopiq tizim, bu degani siz qurilma yoki tizimda ko‘p o‘zgartirishlar kiritolmaysiz. Android foydalanuvchilari esa, o‘z qurilmalarini ancha moslashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
-
Qimmatligi
- Apple qurilmalari ko‘pincha ancha qimmat bo‘ladi. Android bilan solishtirganda, iOS qurilmalarining narxi yuqoriroq. Yangi iPhone modeli chiqishi bilan hamisha qimmat narx belgilangan bo‘ladi.
-
Moslik cheklovlari
- Ba'zi iOS dasturlarini faqat Apple qurilmalarida ishlatish mumkin, boshqa qurilmalar bilan ulanish qiyin bo‘lishi mumkin. Masalan, Bluetooth orqali fayl almashish juda cheklangan.
Agar Android foydalanuvchi do‘stingiz sizga Bluetooth orqali musiqa yubormoqchi bo‘lsa, afsuski, iPhone bunga ruxsat bermaydi.
-
App Store cheklovlari
- App Store’da ba’zi dasturlar mavjud emas, bu Android foydalanuvchilariga nisbatan cheklanganroq tanlov bo‘lishi mumkin. Masalan, ba’zi bepul Android ilovalari iPhone’da pullik bo‘lishi mumkin.
Cloud va uning xizmatlari haqida (Google Diskdan foydalanish)
Cloud nima va u qanday ishlaydi?
Cloud – bu internet orqali resurslarni saqlash va ularga kirishni ta’minlaydigan texnologiya. Boshqacha aytganda, fayllar va ma’lumotlaringiz kompyuteringizda emas, balki serverlarda saqlanadi. Buni shunday tasavvur qilaylik: siz kitoblaringizni faqat o'zingizning xonangizda emas, balki dunyo bo'ylab joylashgan kutubxonalarida ham saqlay olasiz. Internet orqali esa har qanday vaqtda, qayerda bo'lishingizdan qat'iy nazar, ushbu kitoblarga kirishingiz mumkin.
Google Disk: Nega u shunchalik mashhur?
Google Disk — bu Google tomonidan taqdim etilgan cloud xizmatidir, unda fayllarni saqlash, ulashish va tahrirlash mumkin. Tasavvur qiling, sizning uyda ham, ishda ham bitta katta shkafingiz bor. Har bir faylingizni shu shkafga joylaysiz va kerakli vaqtda ulardan foydalanasiz.
Google Diskning afzalliklari:
- 15GB bepul joy. Bu degani: siz katta-katta hujjatlar, rasmlar va videolarni saqlashingiz mumkin.
- Hamma joydan kirish. Internet bor joyda fayllaringiz har doim yoningizda!
- Birgalikda ishlash. Do'stlaringiz yoki hamkasblaringiz bilan bitta hujjatni bir vaqtda tahrirlashingiz mumkin. Masalan, siz kutilmagan holda Google hujjatingizni ochganingizda, do'stingiz allaqachon sizga hazil matn kiritib qo'ygan bo'lishi mumkin!
Google Disk xizmatlaridan qanday foydalaniladi?
- Google Diskga kirish:
-
Har qanday qurilmadan drive.google.com sahifasiga o'ting yoki ilovani yuklab oling.

-
Google akkauntingiz bilan kirishingiz kerak.

-
- Fayl yuklash va saqlash:
-
Google Diskka hujjatlar, rasmlar, videolar va boshqa fayllarni yuklashingiz mumkin. Buni kompyuteringizdan faylni tortib olib, sahifaga tashlash orqali qilasiz.


-
- Fayl ulashish:
-
Biror bir faylni boshqa bir kishi bilan ulashish uchun, fayl ustiga o'ng tugmachani bosib, "Share" opsiyasini tanlaysiz va email kiritasiz.

-
- Birgalikda ishlash:
- Biror bir Google hujjati ustida bir vaqtning o'zida bir nechta kishi ishlashi mumkin. Bu shunday xuddi kimningdir tug'ilgan kuniga tort pishirayotgandek, hamma bitta oshxonada bo'lsa-da, har kim o'z vazifasini bajaryapti!
Google Diskning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari:
- Tez va qulay kirish – har qanday qurilmadan foydalanishingiz mumkin.
- Avtomatik saqlash – fayllaringizni yo'qotishdan qo'rqmaysiz.
- Ko'p foydalanuvchi rejimi – bir vaqtda hujjatlarni birga tahrirlash mumkin.
Kamchiliklari:
- Internetga bog'liqlik – internet bo'lmasa, fayllaringizga kira olmaysiz.
- Xotira cheklovi – bepul joy faqat 15GB, ortiqcha joy uchun pul to'lashingiz kerak.
Misollar va tavsiyalar
- Tavsiya 1: Hujjatlar, loyihalar va rasmlarni bir joyda yig'ish oson bo'ladi. Masalan, uyda sho'rva qilayotganingizda, retsept Google Diskingizda saqlangan bo'lishi mumkin.
- Tavsiya 2: Google Diskni elektron pochta orqali katta fayllarni jo'natish uchun ham foydalanishingiz mumkin. Misol uchun, katta hujjatni pochta orqali yuborishga harakat qilsangiz, "Fayl juda katta" deb xato xabar chiqadi. Lekin Google Diskga yuklasangiz, muammo yo'q!
Savollarga javoblar
Savol: Google Diskdagi fayllar himoyalanganmi? Javob: Ha, Google Diskdagi fayllar parol bilan himoyalangan va Google o'z serverlarida ularni xavfsiz saqlaydi. Siz faqat ulashish imkoniyatini o'zingiz boshqarasiz.
Savol: Internet bo'lmasa nima qilaman? Javob: Internet bo'lmasa, avval Google Diskdan fayllarni oflayn rejimga saqlab qo'yishingiz mumkin. Oflayn rejimda ham hujjatlaringiz ustida ishlashingiz mumkin.